Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Ispaniya La Ligasi 24-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Kadis»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Messi penaltidan aniq foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Fernandesning 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli «Barsa»ni muhim g‘alabadan mosuvo qildi – 1:1.
Natijada Kataloniya klubi 23 o‘yindan keyin 47 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Kadis» 25 ochko bilan 14-o‘ringa chiqdi. «Atletiko» 55 ochko bilan peshqadam, «Real» esa 52 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 24-tur.
Barselona – Kadis 1:1
Gollar: 1:0 – 32, penalti Messi, 1:1 – 89, penalti Aleks Fernandes.
Barselona – ter Stegen, Langle, Dest (Mingesa, 80), Alba, Pike, Buskets (Pyanich, 65), de Yong, Pedri (Trinkau, 74), Dembele (Puch, 80), Messi, Grizmann (Breytueyt, 65).
Kadis – Ledesma, Karselen, Markos Mauro, Espino, Fali Ximenes, Salvi Sanches (Alexo, 62), Garrido (Xose Mari, 58), Iskerdo (Aleks Fernandes, 59), Perea (Yonsson, 76), Negredo (Losano, 59), Sobrino.
Mavzuga oid
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026
YeChLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
11:36 / 08.03.2026
«Siti» keyingi bosqichga o‘tdi, Yamalda rekord. Hafta o‘yinlari
11:45 / 04.03.2026