Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransuz kompaniyasi Toshkentda suv ta'minotini rivojlantirish uchun 145 million yevro ajratadi
Fransiyaning Suez kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan loyihalarni amalga oshiradi. Xususan, Toshkentda suv ta'minotini rivojlantirish uchun 145 million yevro pul ajratiladi.
20 fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Fransiyaning Suez kompaniyasi vitse-prezidenti Erik Gebali uchrashuv o‘tkazdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, uchrashuvda Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Fransiya kompaniyasi Toshkent shahrining suv ta'minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 million yevro miqdorida mablag‘ ajratishini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, Fransiya tomoni O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish bo‘yicha rejalari haqida ma'lumot berdi. Xususan, ulardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta'lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta'minlash loyihasi hisoblanadi. Loyiha kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Shuningdek, fransuz kompaniyasi shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi ta'minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining «Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida «Shahrisabz va Kitob shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
11:19 / 05.10.2024
Surxondaryo suv ta’minoti korxonasining uch xodimi qutqarildi
21:04 / 27.06.2024
Gulistonda suv ta’minoti xodimi halok bo‘lgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:28 / 27.06.2024
“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib zaharlandi
14:11 / 21.04.2024