Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshpanasiz qolgan 1000 nafar ayol ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta'minlanadi
O‘zbekistonda 2021 yil yakunigacha og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan ming nafar ayol ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta'minlanadi. Buning uchun hududlarga mingta kvartira sotib olish uchun mablag‘ ajratiladi.
Hududlar rahbarlariga ijtimoiy ijarani kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish topshirig‘i berildi.
«Og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan mingta oila, ayniqsa, ayollar ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta'minlanadi. Buning uchun hududlarga mingta kvartira sotib olish uchun mablag‘ ajratiladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, ijtimoiy ijarani kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rishi kerak.
Misol uchun, hozirgi kunda xususiy sektor tomonidan ehtiyojmand oilalarga berilayotgan uylarning ijara haqining 50 foiziga subsidiya berishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Birgina Olx.uz elektron portalida oylik haqi 1 million so‘mgacha bo‘lgan 500ta uyni ijara berish to‘g‘risida e'lonlar joylashtirilgan.
Yoki, foydanilmayotgan yotoqxonalarni hokimiyatlar tomonidan ta'mirlab, ijtimoiy ijaraga bersa bo‘ladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari viloyat hokimlari bir oy muddatda eng muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirib, ularni ko‘chirish choralarini ko‘rishini ta'kidlagan.
Shuningdek, prezident quruvchi tashkilotlarga bir qator imkoniyatlar berilishini ma'lum qilgan.
«Quruvchi tashkilotlarga pandemiya davrida berilgan imtiyozlar joriy yil yakunigacha uzaytiriladi.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan quruvchi tashkilotlarga uy-joy qurish uchun jalb qilgan kreditlar bo‘yicha 20 milliard so‘mgacha kafillik hamda Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismiga kompensatsiya beriladi», dedi davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025