O‘zbekiston | 09:02 / 03.03.2021
4324
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Aholini davlat ijtimoiy xizmatlari va yordami bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, davlat mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolar, kambag‘al oila a'zolariga ular bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan moddiy yordam va subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish mazkur qaror loyihasining asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini ko‘rsatishda ijtimoiy kontrakt texnologiyasini joriy etishdan kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy xizmatlar yoki yordam foydalanuvchisining mehnat salohiyatini realizatsiya qilish;
  • tadbirkorlik faolligini kuchaytirish va o‘zini o‘zi band qilishga jalb qilish;
  • pul yoki natura ko‘rinishidagi mustaqil doimiy daromad manbalari hisobidan fuqarolar turmush darajasi sifatini oshirish;
  • ijtimoiy xizmatlar yoki yordam foydalanuvchilari ijtimoiy mas'uliyatini oshirib, ularning boqimandalik kayfiyatini kamaytirish.

Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy kontrakt shaxs va uning doimiy va vaqtincha yashash joyidagi mehnat organi o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, mehnat organiga shaxsga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini ko‘rsatish, shaxsga esa ijtimoiy shartnomada ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatini yuklaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish