2020 yilda fermer xöjaliklaridan yer uçastkalari noqonuniy olib qöyilişi yuzasidan 500dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda Biznes-ombudsman yetakçi inspektori Öktam Çoriyev ma'lum qildi.

«Biznes-ombudsman devoniga 2020 yilda fermer xöjaliklaridan va boşqa qişloq xöjalik korxonalaridan yer uçastkalari noqonuniy olib qöyilişi yuzasidan 511ta murojaat kelib tuşgan. Eng köp murojaatlar Toşkent, Samarqand, Surxondaryo va Farğona viloyatlari hissasiga töğri keladi. Vakil tomonidan murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça davlat hokimiyati organlariga 30ta taqdimnoma, sudlarga 36ta ariza, 9ta kassatsiya va nazorat şikoyatlari va 3ta xulosa kiritilgan. Natijada yer maydonlari fermer xöjaliklariga qaytarilgan», degan Öktam Çoriyev.

Ma'lum qilinişiça, Yer kodeksining 46-moddasiga asosan, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar fermer va dehqon xöjaliklarni, boğdorçilik, polizçilik, çorvaçilik va uzumçilikni yuritiş uçun beriladi. Çorvaçilik mahsuloti yetiştirişga ixtisoslaştirilgan fermer xöjaligi esa kamida 30 boş çorva moli bölgan taqdirda taşkil etiladi.

Yer uçastkalari berilganda fermer xöjaligi öz zimmasiga qişloq xöjalik ekinlarining hosildorligi (uç yil uçun örtaça yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam bölmasligini ta'minlaş majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uçastkasini ijaraga oliş şartnomasida mustahkamlab qöyiladi.

Biznes-ombudsman yetakçi inspektori qayd etişiça, fermer xöjaliklari yuritiş uçun yer uçastkalari oçiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgaça bölgan, lekin 30 yildan kam bölmagan muddatga beriladi. Fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasini olişda fermer xöjaligi taşkil etilayotgan joyda yaşovçi şaxslar boşqa teng şartlarda ustun huquqdan foydalanadi. Yer uçastkasini ijaraga oliş şartnomasi fermer xöjaligining boşliği va tuman hokimi tomonidan imzolanadi. Fermer xöjaligiga berilgan yer uçastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylaştirilişi, şuningdek, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboşlaş obekti bölişi mumkin emas. Yer uçastkasini ijaraga oliş huquqi kreditlar olişda fermer xöjaligi tomonidan garovga qöyilişi mumkin. Yer uçastkasining ölçami va çegaralari faqat fermer xöjaligi boşliğining roziligi bilan özgartirilişi mumkin.