Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
Biznes-ombudsman 43 ta davlat tashkilotining tadbirkorlik sohasidagi tekshiruvlarining samaradorligini baholadi. 10 ta tashkilotning faoliyati “yaxshi”, 7 tasiniki “qoniqarli”, 26 ta regulyatorniki esa “qoniqarsiz” deb topildi. Soliq qo‘mitasi (–45 ball), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (–40 ball) va Qurilish inspeksiyasi (–35 ball) eng yomon ko‘rsatkich qayd etgan.
Biznes-ombudsman davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlik sub’yektlaridagi davlat nazoratiga oid faoliyatini baholadi.
Eng yaxshi ko‘rsatkichni Hisob palatasi (95 ball) qayd etgan. Undan keyingi o‘rinlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (90 ball) va Fuqaro aviatsiyasi agentligi (90 ball). Umuman olganda, 10 ta regulyatorning faoliyati “yaxshi” deb topilgan.

Shuningdek, yana 7 ta davlat tashkilotining harakati “qoniqarli” deya baholangan. Ushbu toifaga kirgan davlat tashkilotlari orasida, xususan, Markaziy bank, Bojxona qo‘mitasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bor.
Tadbirkorlik sohasidagi tekshiruvlarning samaradorligi bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni Soliq qo‘mitasi (-45 ball), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (-40 ball) hamda Qurilish inspeksiyasi (– 35 ball) qayd etgan. Ularning faoliyati manfiy darajada baholangan.
Yana 9 ta vazirlikning (Maktab, Kambag‘allikni qisqartirish, Oliy ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Adliya, Ichki ishlar, Qishloq xo‘jaligi, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya) ish faoliyati ham “qoniqarsiz” deb topilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025