QQS zaçyotini bekor qiliş maşmaşasi. Taniqli ekspert Soliq qömitasiga 6ta savol bilan çiqdi
|20:26 / 06.03.202162 16910 min
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda QQS zaçyotini bekor qiliş masalasida e'lon qilingan tanqidiy çiqişlarga javoban Davlat soliq qömitasi (DSQ) axborot xizmati öz saytida rasmiy munosabat e'lon qildi. Bayonotda mualliflar nomi tilga olinmagan, lekin «qöştirnoq içidagi ekspertlar» deyilgan. Yaxşi, biz «qöştirnoq içidagi ekspertlar» böla qolaylik.
Endi munosabatning mazmun-mohiyatiga töxtalamiz. DSQ axborot xizmati uşbularni ta'kidlamoqda:
DSQning «QQS tölovidan qoçiş «sxema»lariga qarşi faol kuraşiş borasida boşlangan» barça harakatlari «mantiqiy, izçil, mavjud soliq qonunçiligi doirasida» ekanligi, xalqaro soliq ma'murçiligida keng foydalanilişi qayd etilgan;
500dan ortiq «şubhali» firmalar reyestri «64ta mezonga asoslangan «Xavflarni tahlil qiliş» avtomatlaştirilgan tizimi orqali amalga oşirilgani» qayd etilgan;
Ötkazilgan kameral nazorat natijalari uşbu «şubhali» firmalar bilan işlagan har bir sub'yektning qalbaki hujjatlari ortida tovarlarni sotiş yoki xizmatlar körsatiş kabi haqiqiy holatlar mavjud emasligini isbotlagan.
Axborot xizmatiga savollar:
1. «Xavflarni tahlil qiliş» tizimi aniqlagan 64ta mezonning aynan qaysilari «şubhali» kompaniyalarni «naqdlaştiruvçilar» sirasiga qöşişni ta'minlaydi? Avvalroq e'lon qilingan mezonlarda «naqdlaştiruvçilar» belgisiga öxşaş heç narsa yöq edi. Hozirça mutlaqo tuşunarsiz holda «şubhali» va «naqdlaştiruvçi»lar DSQ terminologiyasida sinonimlarga aylanib qoldi.
2. Nega soxta kelişuv tuzgan va/yoki QQS tölamagan «şubhali» kompaniyalarga e'tirozlar sud tartibida bayon etilmagan?
3. Qanday qilib «kameral nazorat» mobaynida 7,5 mingdan ortiq korxonaning «şubhali» kompaniyalar bilan tuzilgan kelişuvlari soxta ekanligi aniqlangan (ya'ni DSQ öz şubhalarini tekşirib körgan va möjiza yuz berib, tekşiruv kutilmaganda özlarining haqligini körsatgan)? Bu unikal uslub ekanki, sensatsion ixtirolarni qilişga izn bersa? Marhamat qilib, örtoqlaşinglar.
4. Axborot xizmatining bir enlikkina xabaridan anglaşiladiki, «kameral nazorat»ga köra, tadbirkorlar qandaydir «tasdiqlovçi hujjatlar» taqdim etişlari lozim bölgan. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmasa, kelişuv avtomatik ravişda soxta deb hisoblanar ekan. Men «kameral nazorat»ning mohiyatini töğri angladimmi yoki nimadir çala aytildimi? Soliq tölovçilar aynan qanday hujjatlar taqdim etişlari kerak edi? Qonunçilikning qaysi me'yorlari bu hujjatlarga ega böliş va ularni taqdim etiş majburiyatini yuklaydi? Iltimos, javob bering.
Mavzuga oid
5. DSQ sud qarorisiz, faqatgina «kontaksiz tekşiruvlar» asosida tadbirkorlarning xususiy mulki (pul mablağlari)ni tortib oliş va hisobraqamlarini muzlatiş huquqiga egami? DSQ buni qonunçilikning qaysi me'yorlari asosida qilmoqda?
6. Ha, Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq organlariga «tovarlar (xizmatlar) xarid qilişda zaçyot (hisobga oliş) huquqi qalbaki yoki közböyamaçilik uçun bitimlar tuziş natijasida vujudga kelganiga yetarli dalillar mavjud bölsa, zaçyotni töğrilaş huquqini bekor qiliş» huquqini beruvçi me'yor bor. Lekin, birinçidan, kelişuvning soxta bölganini avval isbotlaş kerak, hozirça jazoga mubtalo bölgan 10 mingta kompaniya böyiça isbotlar keltirilgani yöq. Ikkinçidan, hurmatli DSQ, qölingizni köksingizga qöyib javob bering-çi, tölangan soliq böyiça zaçyotning bekor qilinişi (me'yorda soliq tölanmagani haqida gap yöq) QQS işlaş prinsipiga zid emasmi? Agar soliq tölangan bölsa, u nega yana tölanişi kerak? Huquqning bunday qöllanilişi QQS tölaş tizimini barbod etişini tuşunmaysizlarmi? Nega sizlar bunday zarar yetkazuvçi me'yorni bekor qiliş yoki uni qöllamaslik taşabbusi bilan çiqmaysizlar? (Uni qöllaş DSQning huquqi, majburiyati emas). Iltimos, soliq tizimimiz ötirgan şoxni kesmanglar, uni vayron qilmanglar!
Yozganlarimga qöşimça ravişda öquvçimiz Nikolay Sergeyevning 17 fevraldagi şarhini keltiraman:
«DSQ xatti-harakatlari kişini ğazablantirmoqda. Bir yil muqaddam bizning korxonamiz ham DSQ tomonidan «yomon» deb topilgan qandaydir yetkazib beruvçi bilan tuzilgan kelişuv böyiça QQS summasini tan olmaslik haqida şunday bildirişnoma olgan edi. Öşanda ham hozirgidek Soliq kodeksining 15- va 266-moddalariga havola qilingan edi. Bunga javoban biz keng tuşuntiriş yozib bergan edik, lekin tuşuntirişimizdan biror harf inobatga olingani yöq.
Endi voqea aynan takrorlanmoqda. Sevimli DSQ uçun Soliq kodeksining 15- va 266-moddalarini tuşuntirib ötmoqçiman.
1. 15-moddada «lozim darajada ehtiyotkorlik» haqida söz boradi. Unda quyidagilar tilga olingan (sözma-söz emas, mohiyatan):
Birinçi xatboşi — soliq tölovçilar kontragentlarni tanlaş çoğida lozim darajada ehtiyotkorlik qilişi şart. Töğri körsatma.
Ikkinçi xatboşi — agar yetkazib beruvçi «yomon» bölib çiqsa va oldingizdagi «öz majburiyatlarini bajarmasdan», qöpol qilib aytganda, sizni «uxlatib» ketgan (ya'ni pulni olib, tovarni bermagan) bölsa, bu sizning muammongiz, bu alfozda yöqotgan pullaringiz soliq soliş bazasini kamaytirişga xizmat qilmaydi. Mutlaqo adolatli şart.
Uçinçi xatboşi — aynan DSQ soliq tölovçilarning statuslari haqidagi rasmiy axborot bilan ta'minlaşi kerak.
Çindan ham, my.soliq.uz saytida har qanday korxonaning statusini tekşirib köriş mumkin bölgan sahifa bor. Qulay va foydali funksiya. Zör! Lekin!
«Yaxşi emas» deb topilgan yetkazib beruvçi bizni uxlatmadi, şartnoma böyiça majburiyatlarini bajardi, biz tovarni töliq qabul qilib oldik. Kelişuv amalga oşirilayotgan çoğda DSQ saytida bu yetkazib beruvçi «yaxşi» QQS tölovçilar safida bölgan. Faqat biz bilan kelişuv amalga oşganidan bir oy ötib «yomon»lar safiga qöşilgan.
Bu my.soliq.uz portalida yaqqol körinib turibdi — u yerda QQS tölovçining status olgan sanasi va bu statusning tugaş sanasi ham körsatilgan.
Binobarin, DSQ mutlaqo qiynalmasdan, özida mavjud ma'lumotlarga asoslanib, özi uçun «şubhali» deb topilgan korxonalar böyiça, ular rasman QQS tölovçisi statusiga ega bölgan davr uçun kelişuvlarni filtrlab olişi mumkin (töğriroği, majbur!)
Va DSQ ularning «normal» işlab turgan davridagi kelişuvlar uçun QQS böyiça e'tirozlar bildirişga haqli emas. Çunki Soliq kodeksining 15-moddasiga köra, bizning «lozim darajada ehtiyotkorligimiz» uçun barçamizni axborot bilan ta'minlaş — DSQning majburiyati.
Şunday qilib, SKning 15-moddasi kelişuv amalga oşirilgan davrda DSQ rasmiy portalida QQS tölovçisi statusiga ega bölgan korxonalar bilan amalga oşirilgan kelişuvlar böyiça QQS zaçyotini rad etiş uçun aslo asos böla olmaydi. Heç qanaqasiga! Lekin QQS zaçyotini rad etiş böyiça e'tirozning standart matnida 15-modda asos sifatida körsatib ötilgan.
2. 266-modda — uning sönggi xatboşisida oddiy va tuşunarli qilib yozib qöyilgan: «Agar hisobga oliş (zaçyot) huquqi tovarlarni (xizmatlarni) oliş böyiça qalbaki yoki közböyamaçilik uçun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud bölsa, soliq organlari hisobga olişni bekor qilişni yoki unga tuzatişni amalga oşirişga haqli».
Diqqat bilan öqiymiz — QALBAKI YoKI KÖZBÖYaMAÇILIK UÇUN TUZILGAN BITIM natijasida vujudga kelganligiga oid DALILLAR MAVJUD BÖLSA!
Boşqalarni bilmadim, lekin bizda keluvçi absolyut real (keyinçalik işlab çiqariş maqsadida butlovçi qismlar xarid qiliş), tovarlar barça hujjatlari bilan real yetkazib berilgan, kelişuv amalga oşirilayotgan çoğda yetkazib beruvçi QQS tölovçisi statusiga ega bölgan.
Bizga bu bitim qalbaki bölgani haqida birorta isbot taqdim etinglar! Biz QQSni yetkazib tölaş böyiça ötgan yilgi tuşuntirişimizda aynan şuni talab qilgan edik — öşanda bizni heç kim eşitmadi ham, javob ham bermadi. Endi hammasi boşqatdan boşlanyapti...
Hurmatli DSQ, özlaringning «dasturilamallaring» — Soliq kodeksini yaxşilab öqinglar. Uni diqqat bilan öqib, sizlarga bu kodeks bilan nimalar buyurilgan bölsa, öşangagina rioya qilinglar. U yerda yozilmagan narsalarga jimjimador talqinlaringni töqib çiqarmanglar.
Faktlar va qat'iy taassuflarga köra, DSQ soliq jinoyatlarini suriştiriş (albatta, ular bor, ularni aniqlaş va ularga qarşi kuraşiş şart) asnosida özining mutlaqo zaif ekanligini namoyiş etib qöydi.
«Obnalçilar» balandparvoz termini ostiga berkinib DSQ ularni emas, vijdonli xaridorlarni dabdala qilmoqda. Agar öşa «obnalçi» deyilayotganlardan kimdir budjetga QQS tölamagan bölsa — öşalardan undiringlar. Boz ustiga, Soliq kodeksining 13- va 14-boblarida «soliqlar tölovini ta'minlaş» jarayonlari aks ettirilgan.
Bizning DSB va DSQga şaxsiy kabinet hamda kiruvçi va çiquvçi elektron hisob-fakturalar reyestrining xato işlayotgani, bu reyestrlarda ayrim bojxona hujjatlari aks ettirilmayotgani, elektron hisob-fakturalarini qayta işlaş jarayoni (oradan yarim yil ötib!) Vazirlar Mahkamasining 489-qarori bandlariga mos kelmayotgani haqidagi köplab murojaatlarimiz va h.k.lar haqida bu yerda yozib ötirmayman.