Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda harbiy qismga ishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
U o‘zini Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining ma'lum qilishicha, termizlik erkak 2 kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yishiga ishontirgan. U o‘zini viloyatdagi harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirgan va «xizmati» evaziga 3 000 dollar so‘ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi kelishilgan pulning 400 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
«Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi departament xabarida.
Avvalroq Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun 27 500 dollar, DXXga ishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar, qamoqxonaga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2000 dollar so‘ragan shaxslar ushlangan edi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun shartli ozodlikka chiqish tartibi o‘zgardi
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
10:01 / 19.06.2026
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik firibgarliklar fosh etildi
08:40 / 19.06.2026