O‘zbekiston | 09:21 / 09.03.2021
15013
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda uchta tumanga gaz, issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Bugun, 9 mart kuni poytaxtning Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlariga gaz, issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgani tufayli qator manzillarda soat 18:00ga qadar gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumanida: 

  • "Qumariq" MFY;
  • "Obod" MFY;
  • “Yakubova” MFY;
  • Quruvchilar mavzesi.

Bektemir va Mirobod tumanlarida:

  • Baratxo‘ja ko‘chasi; 
  • Qo‘yliq ko‘chasi; 
  • Badaxshox ko‘chasi.

Shuningdek, Sergeli, Bektemir va Mirobod tumani iste'molchilariga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib beruvchi 6- va 7-issiqlik markazlariga ham gaz ta'minoti to‘xtatilishi munosabati bilan ushbu tuman aholisi 20:00ga qadar issiqlik tizimidan uziladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng, tabiiy gaz va issiqlik ta'minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid