Toşkent şahrida öquvçi örnini 2 karra köpaytiriş imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar quriş loyihasi taklif qilinmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga taşrifi vaqtida aytib ötdi.

Ma’lum bölişiça, Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada işlamoqda.

Yangi loyihaga köra, sport zali, oşxona va ustaxona yertölada joylaşadi, yuqori qavatlardan esa sinf xonalari sifatida foydalaniladi.

Bu yil Toşkent şahrining har bir tumanida bittadan maktab va boğçada uşbu yondaşuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratiş topşirildi.