Jahon | 14:48 / 11.03.2021
3257
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressi pandemiya sababli aksariyat amerikaliklarga 1400 dollardan pul to‘lanishi ko‘zda tutilgan qonunni tasdiqladi

Foto: Erin Scott/Reuters

AQSh kongressi aksariyat amerikaliklarga 1400 dollardan pul to‘lanishi ko‘zda tutilgan Amerika iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash rejasini tasdiqladi.

7 mart kuni ushbu qonunni ma'qullagan vakillar palatasi 10 mart kuni qonunga kiritilgan tuzatishlarni tasdiqladi. 

AQSh prezidenti Jo Bayden hujjatni 12 mart kuni imzolashi kutilmoqda. Unga ko‘ra, bolalar va yillik daromami 75 ming dollargacha bo‘lgan fuqarolarga 1400 dollardan tarqatiladi.

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash rejasida aksariyat amerikaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarga yo‘naltirish uchun 400 milliard dollar ajratish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, haftasiga 300 dollar miqdorida ishsizlik nafaqasi to‘lanishi sentyabrgacha uzaytiriladi.

Jo Baydenning Amerika iqtisodiyotini qutqarish va pandemiya davrida aholiga yordam berish rejasiga ko‘ra, ushbu maqsadlar uchun 1,9 trln dollar ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabrda qabul qilingan qonunga asosan, aksariyat amerikaliklarga 600 dollardan pul to‘langandi. 2020 yil martidagi yordam paketiga ko‘ra esa amerikalik bolalar 500 dollardan, voyaga yetganlar 1200 dollardan olishgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid