Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda e'lonlar sayti orqali yirik miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxs aniqlandi
2021 yilning 3 mart kuni Toshkent shahrida 31 yoshli Jasur B. e'lonlar sayti orqali 36 yoshli Zafar Sh. “HP” rusumli noutbuk va monobloklarni sotishga e'lon berganini ko‘rib, 10 dona “HP” rusumli noutbuk hamda 4 dona monoblokni korxona uchun deb buyurtma bergan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Jasur B. ushbu texnika vositalarini Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yonida olib, shu kuni kechgacha Zafar Sh.ning hisobiga 109 000 000 so‘m pullarni o‘tkazib berishga va'da qilgan va qo‘lga kiritilgan texnika vositalardan bir dona noutbukni o‘ziga olib qolib, qolganini 7 635 AQSh dollari evaziga “Malika” savdo majmuasidagi do‘konda ishlovchi 26 yoshli Mahmudjon A.ga sotib yuborgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Mahmudjon A.dan 9 dona “HP” rusumli noutbuk va 4 dona monoblok bayonnoma asosida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jasur B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Jasur B.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:18 / 13.03.2026
Temur Malik ko‘chasida harakat ikki yo‘nalishda qisman tiklandi
12:58 / 12.03.2026