Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzara turar joy majmuasi yangi bosqichining ochilishi: yanada katta imkoniyat va istiqbollar
Bizning Uylar Development kompaniyasi Manzara turar joy majmuasidagi yangi xonadonlarning sotuvlari boshlanganligini e'lon qiladi.
Manzara turar joy majmuasi xaridorlar orasida katta qiziqish uyg‘otgani sababli yangi bosqich sotuvlari ochilmoqda. Sotuvlarning boshlanish bosqichida xonadon xarid qilishga foydali takliflar taqdim etiladi:
- Yangi 13 qavatli uy-joylar;
- Bu yil foydalanishga topshiriladigan qo‘shimcha 182 ta tayyor xonadonlar;
- 29 dan 100 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan tayyor ta'mirlangan xonadonlar. Majmuada 1, 2, 3, 4 hamda 5 xonali xonadonlar bunyod etiladi.

Manzara turar joy majmuasi rivojlangan infratuzilmaning barcha afzalliklarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy hamda oilaviy turar joy majmuasidir. Majmua Yunusobod tumanida joylashgan bo‘lib, unda 12 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Turar joy majmuasida ko‘plab o‘simliklar ekilib, gulzor va landshaft bezakli obodonlashtirilgan maydonlar tashkil etiladi. Unda avtomobillarsiz yopiq hovlilar, bolalar va sport maydonchalari, sayr xiyobonlari, qo‘riqlanadigan hududi, video kuzatuv xizmati, ko‘plab tijorat ko‘chmas mulki obektlari va boshqalar mavjud, bularning barchasi shu yerda istiqomat qiluvchilarga maksimal darajada qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan.

2021 yilning yozida majmuaning birinchi aholisi yangi uylariga ko‘chib o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Binolarni qazish bosqichidan to tayyor uy-joy qurilishigacha bo‘lgan qurilish tezligi haftasiga ikki qavatni tashkil etmoqda. Qurilishning samarali va takomillashtirilgan jarayoni obekt to‘liq foydalanishga topshirilishigacha bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Shuningdek, qurilishning yakuniy ishlariga hududni to‘liq obodonlashtirish, landshaft-ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilma obektlarini ishga tushirish kiradi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Instagram: @bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Sayt: bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2021
Manzara turar joy majmuasi: shu yil yozda tayyor ta'mirlangan xonadonlarga ko‘chib kelishingiz mumkin!
09:00 / 01.05.2021
Manzara turar joy majmuasida tayyor ta'mirlangan xonadonlarni 340 million so‘mdan xarid qiling!
09:00 / 21.04.2021
Manzara turar joy majmuasi: yozda ko‘chib kelishingizga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz
09:00 / 08.04.2021