13:28 / 15.03.2021
4743

Suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Norma’ning yozishicha, strategiya mamlakat suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini o‘z ichiga oladi.

Uning doirasida quyidagilar ta'minlanadi:

  • irrigatsiya tizimi kanallari beton qoplamali qismi 35 foizdan 38 foizgacha oshishi, irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlari foydali ish koeffitsiyentining 0,63dan 0,66gacha oshishi;
  • suv ta'minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytirilishi;
  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 million gektargacha, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkazilishi;
  • sho‘rlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartirilishi;
  • qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi;
  • 60ta yirik suv xo‘jaligi obekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazilishi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1 688ta nasos stansiyasidagi 5 231ta nasos agregati elektr energiyasi iste'moli va suv sarfi hisobi monitoringi onlayn rejimda olib borilishi;
  • suv xo‘jaligida DXSh tamoyillari asosida jami 124ta loyiha amalga oshirilishi, sug‘orish uchun suv yetkazib berish xarajatlari 9 foizi suv iste'molchilari tomonidan qoplanishi.

2021 yil 1 oktyabrga qadar etilen polimerlari va propilen polimerlari olib kirishda bojxona boji nol stavkasi belgilanadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsuloti eksportini 40 ming tonnaga qisqartirish evaziga uning ichki bozorda birja savdolari orqali sotilayotgan qismini oshirish choralari ko‘riladi. Polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar birja savdolariga jalb qilinadi.

«O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJga ushbu mahsulotlarni birja orqali sotuvchi xorijiy kompaniyalar (norezident) uchun savdolarga qatnashishda zakalat summasi kiritish talabini bekor qilish hamda birja komission yig‘imlaridan ozod qilish tavsiya etiladi.

Suv tanqisligi sharoitida ekinlarni ko‘llatib sug‘orish va suvni zovurga tashlab qo‘yishning har bir holati favqulodda holat sifatida baholanadi.

2021 yil 1 iyulga qadar suv resurslari avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Top