Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer xo‘jalikning 7 gektar yerini 500 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Navoiy viloyatida fermer xo‘jaligi raisi va uning sherigi xo‘jalik tasarrufidagi, paxta va g‘alla ekib kelingan 7 gektar yerni 500 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Navoiylik fuqaro O.R. hamda hududdagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari Yu.K. paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi yer maydonining 7 gektarini bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 500 mln so‘mga o‘zga shaxsga hokimlik qarorini chiqarib bermoqchi bo‘ldi.
Ular Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘z «xizmatlari» uchun oldindan 1 000 dollar va 239,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan O.R. va Yu.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda qariyb 1 gektar yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.
Mavzuga oid
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026