Hududlardagi prezident maktablariga yangi o‘quv yilida qabul qilinadigan o‘quvchi soni ma'lum qilindi
Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun jami 1 632 nafar o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati joriy yilgi qabul kvotasi soni, imtihon olinadigan tillar, xorijiy olimpiada g‘oliblariga imtiyozlar haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan nizom tegishli bandlariga asosan, prezident maktablariga respublika umumta'lim muassasalarining to‘rtinchi sinf bitiruvchilari orasidan baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlarini:
- matematika;
- biologiya (tabiatshunoslik);
- informatika va axborot texnologiyalari;
- fizika;
- algebra;
- geometriya;
- kimyodan a'lo bahoga tugatgan bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.
Ma'lumki, 2020-2021 o‘quv yili uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli qoldirilgan edi. Shu sababli, 2021-2022 o‘quv yilida Toshkent shahri, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi prezident maktablariga 5- (24 nafar), 6-sinflarga (24 nafar) o‘quvchilar qabul qilinadi.
Shuningdek, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari ilk marta o‘quvchi qabul qilayotgani uchun 5-sinfdan 10-sinfgacha 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari 3 tilda o‘tkaziladi. Prezident maktablariga kirish imtihonlarida ingliz tilini ham tanlash imkoni mavjud. Talabgorlar xohishiga ko‘ra o‘zbek, ingliz yoki qoraqalpoq tilida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, qabul jarayonida xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilmagan.
Bundan avval prezident maktablariga imtihonlar o‘tkazilishi sanasi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

22:20 / 18.09.2021
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e'lon qilindi

21:22 / 10.09.2021
Prezident maktablaridagi standartlar kelgusida umumta'lim maktablarida ham joriy qilinishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

19:11 / 23.07.2021
Prezident maktablarining bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz qabul qilinishiga izoh berildi

11:41 / 23.07.2021