Hujjatga köra, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13ta yangi ixtisoslaştirilgan maktab qurilib, mavjud 5ta ijod maktabi ta'mirlanadi. 

2021 yil 1 sentyabrgaça:

  • xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq öquvçi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari böyiça bilim va könikmalarni baholaş hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini beriş amaliyoti yölga qöyiladi;
  • Prezident maktablarida öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularga keyinçalik öqişini davom ettiriş uçun OTMlarni tanlaşda kömaklaşişga qaratilgan “Maktab maslahatçisi” (School Councillor) dasturi joriy etiladi;
  • Agentlik tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarda alohida ta'limga ehtiyoji bölgan bolalar uçun inklyuziv IT ta'lim joriy qilinadi.

2021/2022 öquv yilidan Özbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan Prezident maktablari bitiruvçilariga tölov-kontrakt summasini qoplaş uçun subsidiya tölanadi. 

Quyidagilarga test sinovlarisiz va qöşimça imtihonlarsiz öqişga kiriş huquqi beriladi:

  • Prezident maktablari bitiruvçilariga davlat oliy ta'lim taşkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan qöşimça davlat granti asosida;
  • Agentlik tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarning bitiruvçilariga ixtisoslik yönalişidan kelib çiqib davlat oliy ta'lim taşkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uçun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yönalişlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan taşqari bazaviy tölov-kontrakt asosida;
  • Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvçilariga ixtisoslik yönalişidan kelib çiqib davlat oliy ta'lim taşkilotlarining tilşunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uçun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yönalişlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan taşqari bazaviy tölov-kontrakt asosida.

Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL sertifikatlariga ega abituriyentlar davlat oliy ta'lim taşkilotlariga öqişga kirişda sertifikat berilgan fan böyiça kiriş imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.