Vazir örinbosarining sözlariga köra, yaqinda Özbekistonga taşrif buyurgan Qirğiziston delegatsiyasidagi energetika sohasidagi hamkorlar bilan bir oy davomida muzokaralar olib borilgan.
«Ming afsuski, orada munosabatlar buzilgani sabab hamkorlik töxtab qolgandi. Mana endi şunga kelişib oldik, bir-birimizga yelkadoş bölamiz. Ma'lum miqdordagi elektr energiyasini bizda ortiqça bölgan paytda ularga berib turamiz, evaziga yozdagi uç oyda ular bizga şu elektrni qaytarib berişadi. Bu degani, öşa paytda gidroelektrstansiyasida suv çiqadi degani. Bu Sirdaryo, Jizzax, Farğona viloyatlari qişloq xöjaligi uçun juda katta foyda keltiradi.
Qiş oylarida soat 17dan to 21gaça elektr energiyasi sarfi birdaniga ortib ketadi, çunki odamlarda ehtiyoj oşadi şu vaqtda. Şu paytdagi energiya sarfini ta'minlaş, çiroq öçmasligi uçun biz qaysidir stansiyamizdagi qöşimça energoblokni işga tuşirişimiz kerak böladi. Bu juda katta sarf-xarajat talab qiladigan, samarasiz mehnat. Öşa paytda biz qöşni davlatdan tunda elektr olib turiş va kunduzi özimizda ortiqça paytda qaytarişga kelişib oldik. 10 mln kv/soatgaça energiya almaşişga texnik imkoniyatlarimiz bor», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şerzod Xöjayev kelgusi yilda kuz-qiş mavsumida aholining elektr energiyasi bilan ta'minlanişi haqida ham gapirib ötdi. Bu mavsumda qariyb 1,5 ming megavatt yangi işlab çiqariş quvvatlari işga tuşadi. Bundan taşqari, respublika böyiça 4000ta transformator yangilanişi közda tutilgan.
«Senatda, deputatlar orasida tanqidga uçraş, töğri, odamga alam qiladi, lekin judayam oğir emas. Eng oğiri - xalqning köziga qaraş. Toşkent viloyatida turaman, men ham uyimga borganimda qop-qoronği mahallaga kirib boraman. Keçirasiz-u, qöni-qöşnilarim çiqib, ota-onamga e'tiroz bildirgan vaqtlar ham böladi. Çunki bilişadi rahbar lavozimida işlaşimni. Nega özimizning mahallaga çiroqni hal qilib qöymaydi, deb söraşadi.
Lekin bir hududda doim yonib, bir hududda doim çiroq bölmasligi – buyam adolatdan emas. Köp vaqtim odamlar bilan muloqotda ötadi, ularning köziga qaraş juda oğir.
Har kuni yotişdan oldin dispetçer bilan gaplaşganimda neça ming xonadon elektr tokisiz ötirganini bilaman. Ertalab soat 6da birinçi işim şularda çiroq yoqildimi, yöqmi – söraş böladi, har kuni hisobotini eşitaman. Yozda dispetçerning hisoboti 1 daqiqa, qişda 15 daqiqa böladi», deydi u.
Energetika vaziri örinbosari Özbekistondagi hamma podstansiyalar 2 baravar quvvat bilan işlaydigan qilib qurilganini aytib ötdi.















