Jahon | 14:25 / 20.03.2021
4460
1 daqiqa o‘qiladi

Islandiyada 6 ming yillik harakatsiz vulqon uyg‘ondi

Meteorologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, vulqon mahalliy aholi, aholi maskanlari va infratuzilma obektlariga xavf solmaydi.

VF.IS / Reuters / Scanpix / LETA

Islandiyaning Reykyanes yarimorolida Fagradalsfyal vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda mamlakat meteorologiya byurosi xabar bermoqda. Vulqon Islandiya poytaxti Reykyavikdan 40 km uzoqlikda joylashgan. 

«Vulqon uzunligi 500-700 metr atrofidagi yoriqdan chiqmoqda. Lava 1 km masofaga yoyilgan», — deyiladi xabarda. 

Meteorologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, vulqon mahalliy aholi, aholi maskanlari va infratuzilma obektlariga xavf solmaydi.

Associated Press agentligining yozishicha, Fagradalsfyal vulqoni 6 ming yildan buyon harakatsiz turgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid