Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2021 yil 23 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani ayrim hududlarida ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 10:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida gaz ta'minoti to‘xtatiladi:
- D.Usmonov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar - 14ta ( 526 xonadon);
- Karimov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar - 6ta (326 xonadon);
- Uysozlar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar - 28ta (1526 xonadon);
- Mumtoz ko‘chasidagi yerlik xonadonlar - 450ta;
- Karimov ko‘chasidagi yerlik xonadonlar - 450ta;
- Ohanrabo ko‘chasi va 1-, 2-, 3-, 4-muyulishlardagi yerlik xonadonlar - 1050ta;
- Chashma ko‘chasi va 1-, 2-, 3-, 4-muyulishlardagi yerlik xonadonlar - 950ta;
- Shavkat ko‘chasi va 11-, 2-, 3-, 4-muyulishlardagi yerlik xonadonlar - 1150ta;
- Sadaf ko‘chasidagi yerlik xonadonlar - 20ta;
- Charos ko‘chasidagi yerlik xonadonlar - 20ta;
- Muloyim ko‘chasidagi yerlik xonadonlar - 20ta.
- Tabibiy va Tabassum ko‘charida gaz pasayishi mumkin.
Ulgurji iste'molchilar:
- Tolariq ko‘chasidagi asfalt zavod ABZ;
- Ohanrabo ko‘chasidagi “Doka xleb” va “Sangorod”;
- Chashma ko‘chasidagi “Kinologiya” va “Kotelniy”;
- Karimov ko‘chasidagi “Doka xleb”;
- DXX harbiy shaharcha va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
10:07 / 10.07.2026
Toshkentda Aviasozlar ko‘chasida transport harakati cheklanadi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026