Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy kengashning Qozog‘istondagi sammiti koronavirus sababli onlayn formatda o‘tadi
Qozog‘istonning Turkiston shahrida 31 mart kuniga o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti koronavirus pandemiyasi sababli videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
“Qozog‘iston epidemiologik vaziyat sababli Turkiy kengash sammitini videoanjuman shaklida o‘tkazishga qaror qildi. Kengash kotibiyati bu haqda rasman xabardor qilindi”, deb ma'lum qilgan Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.
Avvalroq sammitda kengashga a'zo davlatlar – O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston rahbarlari va tashkilotda kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan Vengriya bosh vaziri ishtirok etishi ma'lum qilingandi.
Sammit yakunida Turkiston shahri turk olamining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilinishi haqidagi deklaratsiya imzolanishi kutilmoqda.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda tuzilgan. Hozirda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu kengash a'zolari hisoblanadi. Vengriya tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025