Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda joriy yilda hududlarni obodonlashtirish ishlariga 985,4 mlrd so‘m sarflanadi
Kecha, 23 mart kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashining navbatdan tashqari XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan viloyatda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» hamda boshqa maqsadli dasturlar doirasida 2021 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan vazifalar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilda «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» dasturlari doirasida tuman va shaharlardagi 265 ta mahallaning arxitektura qiyofasini yangilash shuningdek, hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha jami 985,4 mlrd so‘mlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.

Viloyatning arxitektura qiyofasini yangilash, hududlarni obodonlashtirish uchun 15 ta qishloq va 5 ta mahalla tanlab olingan bo‘lib, ushbu hududlardan «Temir daftar»ga 30 ta oila, «Ayollar daftari»ga 916 nafar ayol va «Yoshlar daftari»ga 1 478 nafar yosh kiritilmoqda.

Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026