O‘zbekiston | 15:57 / 24.03.2021
12083
2 daqiqa o‘qiladi

Xorij talabalari Samarqand davlat tibbiyot institutida ta'lim olish istagini bildirmoqda

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Samarqand davlat tibbiyot institutida 2020 yilning sentyabr oyida Xalqaro ta'lim fakulteti tashkil etilgandi. Ushbu fakultetda hozirgi kunda 510 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Xususan, Pokiston Islom Respublikasi, Hindiston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi hamda boshqa MDH davlatlaridan 400 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Ayniqsa, 2020-2021 o‘quv yilida ochilgan yangi MBBS/MD Physician yo‘nalishi hozirda Janubiy Osiyo davlatlari fuqarolarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot instituti xorijiy fuqarolarning institutda yuqori malakali tahsil olishlari uchun bir qancha xorijiy institutlar bilan shartnomalar imzolashga ham erishdi. Hamkorlik memorandumlariga asosan bugungi kunda o‘ndan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar institutda doimiy faoliyat ko‘rsatyapti. Shuningdek, ellikdan ortiq professor-o‘qituvchilar akademik mobillik doirasida o‘quv jarayoniga jalb qilingan. 

Joriy yilning 23 mart kuni ushbu hamkorlik shartnomalari asosida Hindistonning “AXIS” instituti ta'sischisi, tibbiyot fanlari doktori Mr. Ravinder Singh, Pokiston Islom Respublikasi “Javed Leghari” kompaniyalari guruhi direktori Sardar Javed Iqbal Khan, SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev va institut rektorati xodimlari, xorijiy talabalar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistonda xorijiy talabalarni sifatli va yuqori malakali tahsil olishlari uchun shart-sharoitlar, hukumat tomonidan ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Uchrashuv talabalar bilan ochiq muloqot tarzda olib borilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Respublikamiz ta'lim tizimi bo‘yicha atroflicha ma'lumot berildi. 

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Mavzuga oid