19:00 / 26.03.2021
6432
Reklama

RWS Optimum'ning yangilanishi: Kompaniyaning yangi egasi va 25 million dollar qiymatidagi xorijiy investitsiya

Foto: RWS Optimum

Shpallar ishlab chiqaruvchi RWS Optimum ish faoliyatini qayta boshladi va endilikda temir yo‘l sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

RWS Optimum MChJ O‘zbekistondagi temir beton shpallar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va yetuk kompaniya hisoblanar edi. Yaqinda zavod BAA yirik kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Xuddi shu kompaniya 2021 yilda RWS Optimum modernizatsiyasi va rivoji uchun 25 million AQSh dollari qiymatida investitsiya kiritishni rejalashtiryapti.

Shpallar ishlab chiqarishda Pandrol mahkamlash tipidan foydalanilishi kompaniyaning asosiy va shubhasiz afzalligi hisoblanadi. U relsni bolsiz usulda mahkamlashni ko‘zda tutadi. Mahkamlashning bunday turi temir yo‘llarni komplektatsiya qilish, joylashtirish va o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha ishga ehtiyoj qoldirmaydi. Mahkamlashning bunday tizimi temir yo‘llar komplektatsiyasi, ularni joylashtirish va o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarga zarurat qoldirmaydi.

Zamonaviy Pandrol mahkamlash turini qo‘llagan holda yig‘ilgan temir yo‘l liniyalari kelajakda ushbu yo‘llarni ekspluatatsiya qilishda mablag‘ni tejash imkonini beradi.

RWS Optimum'ning ko‘p yillik tajribasi va u tomonidan ishlab chiqarilgan shpallar sifati kompaniyaga tez yurar temir yo‘llari - «Toshkent-Samarqand» va «Xayraton — Mozori-Sharif» kabi ahamiyatli infratuzilma loyihalari qurilishida ishtirok etish imkonini berdi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda kompaniya o‘zini mas'uliyatli va ishonchli hamkor sifatida namoyish etdi.

Investitsiya jalb etilishi kompaniyaga korxona negizida sanoat klasteriga asos solish, zavodning temir yo‘l shpallarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatini yangilash, sement silliqlash stansiyasini qurish va avtoklav gazbeton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Xodimlarga investitsiya kiritish

Zavod faoliyatining tiklanishi 350 nafar kishiga ish o‘rni yaratishga hissa qo‘shdi. Kelajakda kompaniya nafaqat mazkur soha mutaxassislari, balki O‘zbekiston yoshlarini jalb etgan holda xodimlar shtatini kengaytirishni maqsad qilgan. Bu esa mamlakatdagi yoshlar bandligi darajasini oshirish imkonini beradi.

RWS Optimum xodimlarining bir qismini malaka oshirish uchun Yevroittifoq mamlakatlarining ilg‘or korxonalariga malaka oshirish uchun yuborishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, RWS Optimum xodimlarni o‘qitish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish va ishlab chiqarishda “Kaydzen” tizimini tatbiq etishni maqsad qilgan. Xodimlarni rivojlantirish va shtatni kengaytirishga bu kabi yondashish nafaqat zavod samaradorligini oshiradi, balki davlat budjetiga soliq to‘lovlari miqdorini sezilarli darajada oshiradi.  

Yangi muammolar va kelajakdagi maqsadlar

RWS Optimum O‘zbekiston va O‘rta Osiyo temir yo‘l sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etishni niyat qilgan. Kompaniya yanada yuqori darajaga chiqish uchun mavjud yo‘llarni modernizatsiya qilish, ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish va sohani rivojlantirishda faol ishtirok etishni rejalashtiryapti.

Kompaniya nafaqat texnik jihozlar, balki so‘nggi texnik standartlarga muvofiq muhandislik dizayni, temir yo‘l tizimini rejalashtirish va qurish bo‘yicha kompleks xizmatlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishni rejalashtiryapti.

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishda faol ishtirok etish va aholi bandligini oshirishga hissa qo‘shish RWS Optimum kompaniyasiga nafaqat ichki bozor, balki xalqaro temir yo‘l sohasida o‘z mavqeyini mustahkamlash imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Top