Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 2 kun davomida issiqlik ta'minoti o‘chiriladi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 29 mart 19:00 gacha issiqlik ta'minoti o‘chiriladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
«Toshissiqquvvati» DUK xabar berishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-3 mavzesi, Mingbuloq ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l ostidan o‘tgan magistral issiqlik tarmoqlari ham yangilanmoqda.
Shu munosabat bilan 27 martdan 29 mart soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda issiqlik energiyasi ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
- Qorasuv-1, 2, 3, 4 mavzelarida;
- Do‘rmon yo‘li ko‘chasida;
- BUZ-2 mavzesida;
- Feruza mavzesida;
- Feruza ko‘chasida;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida.
Ushbu manzillar issiq suv ta'minotidan uzilmaydi.
Mavzuga oid
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
08:53 / 23.05.2026
Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
20:59 / 05.05.2026