Uchta hududda yirik kimyosanoat klasterlari barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Rasmiy relizda qayd etilishicha, O‘zbekiston uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyatga ega. «O‘zkimyosanoat» AJ bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyihani amalga oshirmoqda.
Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha joriy yilda ishga tushiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan ziyod 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
«Umumlashtirib aytganda, bu yilgi va istiqboldagi barcha loyihalar natijasida 3 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetadi. Yangi korxonalarda 3 500 ga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.
Yana bir muhim jihati, ushbu korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, tabiiy gazni chuqur qayta ishlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oshadi. Ya'ni, qo‘shilgan qiymat 14 barobar ko‘payadi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ta'kidlanishicha, kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida «Navoiyazot» va «Farg‘onaazot» AJlarda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etish rejalashtirilgan.
Xususan, «Navoiyazot»da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, «Farg‘onaazot»da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish va ilm-fan o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish maqsadida, Toshkentning Ulug‘bek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, 60 gektar maydonda ma'muriy va o‘quv binolari, laboratoriyalar, O‘zbekiston-Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, bog‘ va quyosh elektr stansiyasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 8 ming nafar talaba tahsil olishi ham mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur ilmiy klaster Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Chirchiq shahridagi ishlab chiqarish laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi.
«Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5-6 barobar oshadi», – degan Shavkat Mirziyoyev.
Taqdimotda kimyo korxonalaridagi davlat ulushini qisqartirish, ularni transformatsiya qilish, sohaga korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish borasidagi ishlar yuzasidan ham ma'lumot berilgan.
«O‘zkimyosanoat» AJ tuzilmasini o‘zgartirish, malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan vazifalar qo‘yilgan.
Tadbirda ichimlik suvi tarmoqlari va avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari ham ko‘rib chiqilgan.
«Bu yil 7 184 kilometr quvurlar, rezervuar va nasos stansiyalari qurilib, 1 106 ta mahallaga toza ichimlik suvi yetkaziladi. Natijada 4 milliondan ziyod aholining suv ta'minoti yaxshilanadi.
Shuningdek, joriy yilda 16 800 kilometr yo‘llar ta'mirlanishi aytib o‘tildi», – deyiladi rasmiy axborotda.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
-
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Jahon | 17:37
Mavzuga oid

13:23
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

08:05
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

16:14 / 21.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

15:51 / 21.04.2025