Sport | 20:09 / 01.04.2021
2790
1 daqiqa o‘qiladi

«Aral samali» bosh murabbiyi jarimaga tortildi. Klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Xabar berilishicha, Pro liga 2-turi doirasidagi «Aral samali» – «Xorazm» uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng nukuslik muxlislar o‘z noroziligini qo‘pol tarzda namoyish etib, maydonga turli buyumlar uloqtirgan. Agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi bo‘yicha ogohlantirildi. 

Shuningdek, «Aral samali» bosh murabbiyi Timur Turdiyev hakamlikdan noroziligi bo‘yicha o‘yin protokoliga yozma ariza yozmay turib, buning o‘rniga OAV orqali o‘z noroziligini bildirgani uchun jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, «Aral samali» – «Xorazm» uchrashuvidan keyin hakamlar muxlislarning noroziligidan stadionni zo‘rg‘a tark etgandi. Nukus klubi bosh murabbiyi Temur Turdiyev esa hakamlarni tanqid qilgandi .