Sport | 15:45 / 05.04.2021
6805
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga saralashsiz yo‘llanma oladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 2021 yil 13 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Litvada o‘tadigan jahon chempionatiga qatnashadigan bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tashi kerak bo‘lgan Osiyo chempionati pandemiya sabab avvaliga Turkmanistonda, keyinchalik Kuvaytda o‘tmay qoldi. Ayni damda Kuvaytdagi epidemiologik holat yaxshi bo‘lmagani sabab Osiyo chempionati umuman o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Biroq FIFA 2020 yil o‘tishi kerak bo‘lgan va bir yilga qoldirilgan jahon chempionatini baribir o‘tkazishini ma'lum qildi. OFK esa musobaqaga jamoalarni saralab yuborishga qaror qildi.

Futzal bo‘yicha JCh-2020 musobaqasi 2021 yil 13 sentyabrdan 3 oktyabrgacha Litvada bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqaga OFK 5 ta jamoa tavsiya qiladi va ulardan biri O‘zbekiston bo‘lishi kutilmoqda. Tashkilot ayni damda futzali yaxshi holatda bo‘lgan jamoalarni JCh-2020 uchun tavsiya qilishi ma'lum bo‘ldi. O‘zbekistondan tashqari Eron, Yaponiya, Tailand va Vetnam ham OFK tomonidan Litvada o‘tajak jahon chempionatiga ishtirokchi sifatida tavsiya qilinadi.

Ma'lumot uchun, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi hozirgacha faqat bir marta – 2016 yil Kolumbiya mezbonlik qilgan jahon chempionatida qatnashib, guruhda qolib ketgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid