O‘zbekiston | 14:04 / 07.04.2021
4961
2 daqiqa o‘qiladi

Muzeylar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilanmoqda 

Joriy yil 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi navbatdagi yalpi majlis yig‘ilishida «Muzeylar to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyiha muzeylar daromad manbalarini kengaytirish maqsadida ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, jumladan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Bugungi kunda muzeylar tomonidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, jumladan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslari belgilanmagani, hozirda davlat muzeylariga budjet mablag‘lari ko‘p hollarda muzey faoliyatini saqlab turish, qurish va ta'mirlash ishlari uchungina ajratilishi, muzeylar o‘zi daromad topishga ko‘rsatiladigan xizmatlari sifatini zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga moslashtirishga harakat qilmas edi.

Qonun qabul qilinishi muzeylar daromadini ko‘paytirish maqsadida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari xavfsizligini ta'minlagan holda, daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berishga, muzeylar tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati hamda muzeylarning pullik xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini aniqlashtirishga, muzeylarga madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlaridan foydalanishda ustuvorlik huquqini berishga keng yo‘l ochadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid