Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini tezlashtiradi
Joriy yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish maqsadida savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari ekspertlarining o‘zaro hamkorligini jadallashtirish va mavjud masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqish orqali O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishishni tezlashtirishga oid birinchi darajali vazifalar belgilab olindi. Tomonlar fikricha, bitim imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning mustahkamlanishiga sezilarli turtki beradi.
Tomonlar, shuningdek, elektron tijorat sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish dolzarbligini ta'kidladi va bu borada ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida hozirgi vaqtda kelishish bosqichida bo‘lgan tegishli hujjatni yaqin kelajakda imzolashni belgilab oldi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat standartlashtirish xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish orqali texnik tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bunda o‘zaro mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishda o‘zbek va turk ishlab chiqaruvchilariga to‘sqinlik qiluvchi g‘ovlarni bartaraf etish umumiy maqsad qilib qo‘yildi.
Muloqot chog‘ida Turkiya tomoni O‘zbekiston tomonidan xalqaro iqtisodiy makonga integratsiyalashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi hamda muzokaralar jarayoniga jalb etilgan o‘zbek mutaxassislari uchun treninglar va maslahatlashuvlar tashkil etish orqali Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo‘lish jarayonida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi va Turkiyaning Akkreditatsiya agentligi o‘rtasida “Halol” standartini joriy etish borasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026