«Italyanlar va özbeklar örtasida öxşaş jihatlar köp» - Rimdagi Sapiyenza universiteti özbek magistranti bilan suhbat
|15:11 / 10.04.202128 2129 min
Kun.uz çet el universitetlarida öqiyotgan, şuningdek, ilmiy faoliyat olib borayotgan yurtdoşlarimiz bilan suhbatlar qilib kelmoqda. Navbatdagi suhbatdoşimiz – Rim şahrida joylaşgan nufuzli Sapiyenza universiteti yuridik fakulteti magistranti Gulrux Sa’dullayeva böldi.
— Özingiz haqingizda, Rimdagi universitetga öqişga kirişingiz qanday röy bergani haqida gapirib ötsangiz.
— Oilamizda qizlarning ta’limiga alohida e’tibor qaratişgan. Ota-onam – oddiy öqituvçilar, şuning uçunmi heç qaçon ta’limda çeklov bölmagan. Lekin odatiy özbek oilalarida bölgani kabi çet elda öqişimga ota-onam qarşi bölişgan. Sababi bizda şunday umumiy bir tuşunça bor, yoşsan, qiz bolasan, undan köra şu yerda öqi yoki turmuşga çiq kabi qaraş kuçli örnaşgan. 2009 yilda köplab obröli universitetlarga: Emory University, Warwick, UCL kabi top universitetlardan qabul va scholarship xatlari kelgan edi. Lekin taqdir ekan, Jizzax davlat pedagogika institutida grant asosida öqidim.
Universitetni tugatganimdan söng ingliz tilidan öqituvçilik qildim. Köplab öquvçilarim yuqori IELTS ball olişdi, olimpiadalarda qatnaşdi. Öqituvçi özining öquvçilariga yaxşigina motivatsiya böla oladi. Faoliyatim davomida köplab xalqaro konferensiya, BMT modellarida qatnaşdim, özim ham taşkillaştirdim. Umuman, xoh qiz yoki öğil bölsin, hayotda liderlik va netvorkingning örni katta.
2019 yilda Edu-Action kompaniyasida işladim. Orada karantin boşlanib, sal böş vaqt bölganiga uzoq yillik armonim xorijda öqişga ketişga harakat qildim. Ota-onam bu safar işonç bildirişdi va men töliq grant asosida Italiyada magistraturada tahsil olyapman.
Boşida 20dan ortiq universitetlardan qabul xatlari keldi. Lekin köpçilik elçixonalar yopiq bölgani hamda grant bahonasida Italiyani tanladim. Rimdagi Sapiyenza universiteti – judayam nufuzli oliygoh. Universitetning yuridik fakultetida «Iqtisod va huquq» böyiça ta’lim olmoqdaman. Şu bilan parallel ayni paytda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti «Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati» magistraturasini tamomlaş arafasidaman.
Oilada katta farzand yaxşi öqisa, ukalariga ham örnak böla olişiga özim misolimda amin bölganman. Oilada uç farzandning tönğiçi bölganim uçun ukam va singlim ham izimdan ergaşgan, ular ham oliy ma’lumotli, singlim Toşkentdagi Vebster universiteti magistranti, ukam esa korxona boş boşqaruvçisi bölib işlaydi.
— Siz örganayotgan sohaning Özbekiston uçun muhimligi qay darajada deb öylaysiz?
— Yuqorida aytganimdek, ayni paytda «Iqtisod va huquq» sohasida ta’lim olyapman. Lekin bu bilan töxtab qolmoqçi emasman. Maqsadim – inson huquqlari himoyaçisi böliş. Bu sohada Özbekistonda qilinadigan işlar köp. Bizda yaxşi qonunlar bor, lekin ijro ançagina sust. Bunaqa şaroitda inson özini xavfsiz his qila olmaydi.
Mavzuga oid
Qolaversa, bugungi kunda mamlakatga investorlar, işbilarmonlarni köplab jalb etiş işlari ketayotgan vaqtda qonunlar maksimal işlaşi kerak. Xorijiy investor çiroyli «siti»larni köriş uçun emas, yuridik va siyosiy jihatdan özini xavfsiz sezsagina qiziqiş bildirişi mumkin.
Asosiy maqsadimga keladigan bölsam, Özbekiston şaroitida ayollar va bolalar huquqi, ijtimoiy himoya yaxşi yölga qöyilmagan. Xudo körsatmasin, rak yoki boşqa oğirroq kasallikka çalinadigan bölsa va katta miqdorda pul kerak bölsa, qanaqadir suğurta yoki fond, yoki boşqa pul oladigan joy yöq. Ijtimoiy himoya, ayol va bola huquqlari ustida ança işlaşimiz kerak. Kelajakda ilmiy işimni davom ettiriş bilan birgalikda, inson huquqlari böyiça yurist böliş niyatim bor.
— Qizlar uçun xorijda tahsil olişning eng katta xavfi va eng katta yutuği nimada?
— Buni faqat qizlarga xoslamagan bölardim. Aslida qizlarga mana şunday qaraş ham stereotiplardan. Bu qörquv asosida şakllanib qolgan, çunki xorijda sotilib ketgan ba’zi ayollar sabab köpçilik qizlarini uzoqqa yuborişmaydi.
Nafaqat qizlar, umuman barça uçun xorijda öqişning öziga yaraşa ijobiy va salbiy tomonlari bor. Ijobiy jihati – xalqaro ta’lim, ayniqsa top universitet bölsa, farqi ança seziladi. Bu yerda forma, davomat emas, bilim söraladi. Imtihonda ham 5 marotaba imkon beradi. Olgan bahodan qoniqmasam, qayta topşiriş mumkin. Özim Özbekistonda öqiganim uçun taqqoslay olaman, bizda davlat universitetlarida bir marta imtihon topşirasiz, şunda ham köpinça qanday baho qöyarkin deb öqituvçining «muruvvati»ga ilhaq bölib turasiz.
Endi minuslarini aytsam, kvartira, kundalik oziq-ovqat, agar kontraktda öqisa, uni tölaş va boşqa xarajatlari uçun işlaşga töğri kelsa, yigitlar kabi har işga özini urib ketolmaydi. Masalan, qariyalarga, bolalarga qaraşib turuvçi sifati işlaşlari ham mumkin.
Yevropa davlatlari xavfsizligi masalasiga töxtalsam, kelganimdan beri hali birorta muammoga uçramadim. Bizdagi muammo – qizlarni işonmay, çetda öqimasin, bölmasa aynib ketadi degan qaraş, lekin aslida unday emas. Hammasi yoşlikda ota-ona bergan tarbiyaga boğliq.
— Xorijda öqimoqçi bölgan qizlar va ularning ota-onalariga nima degan bölardingiz?
— Agar farzandida xohiş va iqtidor bölsa, imkoniyatga qarab, albatta, qöllab-quvvatlaşni söragan bölardim. Çunki bitta öğilni öqitsangiz, farzandingizni öqitgan hisoblanasiz, bir qizni öqitgan, butun oilaga, jamiyatga foydasi tegadi. Qizlarimizdan ham kuçli matematik, fizik, yuristlar çiqişini xohlayman. Bunda ota-onaning qöllab-quvvatlaşi va tuşunişi juda muhim!
— Hozirgaça neçta til örgandingiz, til bilgan el bilar degan naqlga hayotingizda isbot topyapsizmi?
— Özim ingliz tili öqituvçisiman, C1 darajam bor, yaqindan boşlab italyan va ispan tillarini örganişni boşladim. Hamma joyda ham öz tilida gapirsangiz, işingiz tezroq va osonroq bitadi, özaro muloqotlarga ham foydali.
Tarjimadan bölsa-da, kitoblar öqigan yaxşi, lekin öşa millat tilida öqigan boşqaça zavq beradi, çunki tarjima yönalişida ham işlayapman va bilyapmanki, qaysidir tildagi öziga xos sözlar, iboralar, boringki, gaplarni ham öşanday ifodalaş qiyin. Unda öşa millat ruhi yaşaydi.
— Italyanlar qanaqa xalq, sizda ular haqida qanday taassurot paydo böldi?
— Italiyani bu yerdagi özbeklar ikkinçi Özbekiston deyişadi, çunki öxşaş jihatlari köp. Italyanlar bolajon, oilaparvar va ular ham ovqatlanib suhbatlaşişni sevişadi, xuddi bizdagi çoyxonalar kabi. Punktual emas, doim keçikib yurişlari, hujjatbozlik, byurokratiyalari ham qisman öxşaş.
Italyanlar boşqa Yevropa xalqlaridan ançagina farqli millat. An’analarini juda hurmat qiladi, oilasidan, ota-ona, buvilaridan doim xabar olib, birga ovqatlanişadi, parklar va dam oliş joylariga ham bolalari bilan borişadi.
Şuningdek, italyanlar özaro birlaşa oladigan xalq. Deylik, qaysidir jurnalist, öqituvçi, şifokor böladimi – huquqi toptalsa, birlaşib qarşi çiqa oladi. Berluskoni boş vazir bölgan vaqtda bir jurnalist uni sudga berib yutib çiqqan.
Italyanlar katolik çerkovi markazi bölgani uçun ayniqsa Rimda dinga munosabat yaxşi. Nafaqat katolik, balki boşqa dinlarni ham hurmat qilişadi, tolerantlik kuçli; bir gal aylanişga çiqqanimda, römolimni körib musulmon ekanimni bilib, «Assalamu alaykum» deya salomlaşişgan. Bu ularning boşqa din vakiliga hurmatidan deb bilaman.
— Italiyaliklar qaysi kasb egalarini eng faxrli hisoblaşadi?
— Bu yerda qaysi kasb egasi bölişidan qat’i nazar, işiga astoydil yondaşgan odamni birday hurmat qilişadi. Oddiy oşpaz yoki farroş böladimi – öz kasbida usta bölsa, qadrlanadi. Şu bilan birga, şifokor va öqituvçilarga alohida hurmat bilan qaraşadi.
— Italiya qişloqlarida böldingizmi? Özbekiston bilan taqqoslay olasizmi?
— Italyan qişloqlari özimizning Baxmal, Zomin manzaralariga juda öxşaş. Umuman italyanlar tabiatni juda sevadi, böş vaqt topdi degunça tabiat qöyniga sayrga çiqişadi. Rim yaqinidagi joylarga bordim, lekin u joylarni qişloq ham deb bölmaydi. Sababi tabiat bağridagi bu joylarda turmuş keçiriş uçun barça infratuzilma bor va şaharliklar şu yerlarda köproq dam olişga kelişadi.
Karantin sababli hali Rimdan boşqa şaharlarga çiqa olmadim. Lekin yozda boşqa şaharlar va Yevropa davlatlarini aylanişni reja qilyapman.
— Sizningça, maqsadga erişiş uçun eng muhim jihatlar qaysi?
—Umuman, maqsadga erişişda heç narsa: yoş ham, moddiy imkoniyat çeklangani ham tösiq böla olmaydi. Muhimi, siz olğa harakat qiling, til örganing va ortga çekinmang.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi