Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo‘yildi
10 aprel kuni O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘lovchi chegara hududda («G‘ishtko‘prik» – «Jibek joli») «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo‘yish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Asqar Mamin ishtirok etdi.
«So‘nggi yillarda davlatlarimiz rahbarlarining o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan samimiy, iliq munosabatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotgani, prezidentlarimizning tashabbuslari va siyosiy irodalari tufayli ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘zaro manfaatli loyihalar bilan boyitilayotgani ta'kidlandi.
«Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu loyihalarning amaldagi ifodasidir.
Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu loyiha nafaqat ikki tomon uchun samarali bo‘ladi, balki mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga ham qo‘shimcha turtki beradi.
Qozog‘istonga tashrif doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashish va ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalari ishtirokida ishchi yig‘ilishi ham o‘tkazildi.
Yig‘ilishda qardosh xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishning maqbul yo‘llari atroflicha muhokama qilindi», deyiladi O‘zbekiston hukumati portali xabarida.

Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026