Jahon | 23:22 / 11.04.2021
3600
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasida koronavirusga chalingan sportchilar maxsus mehmonxonaga joylashtiriladi

Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari O‘yinlar davomida koronavirusga chalinadigan sportchilarni maxsus mehmonxonaga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Tashkiliy qo‘mita bu maqsadda Olimpiya qishlog‘idan bir necha kilometr uzoqlikdagi 300 xonalik mehmonxonani zaxiralab qo‘yadi.

Foto: Getty Images

Bu tashkilotchilarga bir necha million dollarga aylanadi.

Qo‘mita, shuningdek, kasallanganlarni mehmonxonaga olib borish uchun 30taga yaqin maxsus transport vositasini tayyorlab qo‘yadi. Sportchilar har 4 kunda koronavirusga test topshiradilar. Olimpiadadagi karantin va test olish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar keyinroq e'lon qilinadi.

Tokio Olimpiadasi 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Mart oyida O‘yinlar tashkilotchilari pandemiya sababli Olimpiada xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tishini e'lon qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid