Davlat xaridlaridagi qing‘irlik: musiqa asboblarini 80 ming dollar qimmatga sotib olib, budjet pullarini o‘g‘irlaganlar aniqlandi
Aniqlanishicha, budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlar musiqa asboblarini 792,2 million so‘m qimmat narxda sotib olgan va qolgan pullarni o‘zlashtirgan.
Madaniyat vazirligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari musiqa asboblarini bozor bahosidan 792,2 million so‘m qimmat narxda sotib olgani va budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Xabar qilinishicha, jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma'lum bo‘lgan.
Departament «xaridorlar» oldindan til biriktirib, musiqa asboblarini sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida 3,3 mlrd so‘mga yetkazib berish taklifi mavjud bo‘lsa-da, muqobil qimmatroq variantni ko‘rsatgan tadbirkorlik sub'yektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatgan va undan bozor bahosidan salkam 80 ming dollar qimmat narxda sotib olganini ochiqladi.
«Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», – deyiladi davlat organi xabarida.
Avvalroq 2020 yilda talon-toroj qilish jinoyatlari sababli davlat budjetiga 260 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani xabar qilingandi. Aniqlangan bunday jinoyatlarning aksariyati qurilish sohasiga to‘g‘ri kelishi va o‘tgan yili ushbu yo‘nalishda 187ta jinoyat fosh etilib, qariyb 60 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin
21:29 / 12.09.2024
Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatyapti. Bu qimmat emasmi?
08:27 / 23.08.2024
Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
20:46 / 15.07.2024