Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

2019 yil 15 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan migrantlar va O‘zbekistondagi Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim 2021 yil 4 apreldan kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Hujjatda mehnat migrantlarining faoliyati va mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish nazarda tutilgan.
Bitimda mehnat migrantlarining quyidagi huquqlari belgilangan:
- qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga va mehnat shartnomasiga muvofiq dam olish;
- qabul qiluvchi davlat qonunchiligi bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq atrofdagilarga xavf soluvchi o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan hajmda bepul tibbiy yordam olish;
- qabul qiluvchi davlat vakolatli organlaridan qabul qiluvchi davlat hududida bo‘lish va unda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibi, shuningdek, uning qonunchiligidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga taalluqli axborot olish.
Shuningdek, qabul qiluvchi davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida ta'lim to‘g‘risida hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta'lim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish protseduralarini o‘tkazmasdan tan olinadi.
Bunda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika sohasida ta'lim olgan migrantlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta'lim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish protsedurasidan o‘tadi va ularga qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartibga muvofiq tegishli pedagogik, tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
Mavzuga oid

19:00 / 17.07.2025
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga ko‘paydi

19:01 / 10.07.2025
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

00:28 / 10.06.2025
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

20:36 / 05.06.2025