— Sönggi paytlarda tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tiborning sababi nimada? Nima özgardiki, bu muammo birinçi darajaga çiqib ketdi?
— Prezidentimiz tomonidan aholi salomatligiga alohida e'tibor qaratilayotgani sir emas. Davlat rahbarini öylantirayotgan muammolardan biri – uzoq hududlardagi aholi vakillari sifatli tibbiy xizmatdan foydalana olmasligi hisoblanadi. Tabiiyki, ular yo viloyat markazlariga, yo poytaxtga kelib davolanişga majbur bölişadi. Bu qança ovoragarçiliklarga sabab bölişi ma'lum. Mavjud tibbiyot muassasalarining bugungi kunda aholi ehtiyojlarini qondira olmayotganining sabablarini örganiş biz kabi mas'ullarga topşiriq qilib berildi.
— Selektor yiğilişlarida köp marta şaxsan sizga joylardagi holat haqida gapirilmoqda. Bunda nima nazarda tutilgan aslida?
— Bugungi kunda asosiy tibbiyot sohasida işlovçi xodimlarning soni birlamçi qatlam – oilaviy şifoxonalarga töğri keladi. U yerda qariyb 120 ming xodim işlaydi. Mana şu qatlam qay darajada töğri va sifatli taşxis qöya olsa, aholi salomatligiga zarar körsatuvçi omillarni bartaraf etişga qaratilgan işlarni yaxşi yölga qöya olsa, tabiiyki aholining sohaning ikkinçi qatlami bölmiş köp tarmoqli va maxsus klinikalarga murojaati kamayadi.

Tizimdagi muammolarni örganiş uçun töğridan töğri şu şifoxonalarga boriş va öz közimiz bilan köriş topşiriği menga yuklatildi. Buni örganiş uçun ikki hafta davomida Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida böldik.
Darhaqiqat, muammolarimiz köp. Muammolarni tizimli ravişda örganiş kerak bölyapti. Tuman, şahar va viloyatlar hokimlari har kuni 2 soat vaqtini öz hududida yaşovçi aholi salomatligini yaxşilaşga qaratişi haqida topşiriq berildi.
Bu borada qilingan işlarning eng birinçisi sifatida aholi örtasida kasallikka olib boruvçi omillar örganildi. Ularni 4 guruhga böliş orqali avvalo öta oğir xavfdagi, ya'ni salomatligida jiddiy muammosi bor insonlarni hozirning özida davolaşga zaruriyat mavjud.
Bemorlarni aniqlaş bilan muammo tugamaydi: ularni davolaş çoralarini köriş lozim. Ayniqsa, tumanlardagi muassasalarda ularni davolaydigan jihozlar, yetuk mutaxassislar masalasi ança qiyin. Buni gapiriş oson, ammo taşkillaştiriş juda qiyin. Şuni taşkillaştiriş uçun markazda ötirgan barça mas'ullardan pastga tuşiş, odamlarning dardini öz tanasida his qilib köriş talab qilinmoqda.













