17:10 / 16.04.2021
1907

Germaniya kompaniyasi Toshkentda issiqlik stansiyalarini yangilashda ishtirok etishi mumkin

Toshkent shahridagi 4ta issiqlik stansiyasini Germaniyaning SIEMENS AG kompaniyasi bilan hamkorlikda yangilash rejalashtirilmoqda.

Bugun, 16 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar hokimi, tegishli vazirliklar rasmiylari va SIEMENS AG direktori Kristian Brux o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuvda SIEMENS AG bilan energetika yo‘nalishidagi hamkorlik, xususan, elektrostansiyalar, issiqlik elektronstansiyalarini qurish, vodorod yoqilg‘isi yo‘nalishini rivojlantirish kabi qator sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama etilgan.

Qayd etilishicha, hamkorlikdagi loyihalar faqat texnika-texnologiya kiritish hisobiga emas, balki birgalikda ishlash asosida rivojlanadi. Zarur hollarda nemis texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari ochiladi, mahalliy mutaxassislar o‘qitiladi.

SIEMENS AG bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 4ta issiqlik stansiyalarini yangilash rejalashtirilgan bo‘lib, bu loyiha Stone City ishtirokida amalga oshiriladi.

Avvalroq, Toshkent viloyatida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi qurilayotgani xabar qilingandi.

Top