Bir neça yilki Şahrisabz şahri YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi röyxatida qolişi masalasi savol ostida turibdi. Yaqindagina YuNeSKO vakillari şaharda bölib, tarixiy yodgorliklar holatini örganib ketişdi.

2019 yil Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida ötkazilgan YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasining 43-sessiyasida ham mazkur masala tanqidiy körib çiqilib, Şahrisabz «yöq böliş xavfi ostida qolgan obektlar» röyxatida qoldirilgan edi.

Bu muammoning yuzaga kelişi 2016 yilda mazkur tarixiy şaharda YuNeSKO bilan özaro kelişilmay keng miqyosda quriliş işlari olib borilgani bilan boğliq.

2019 yilda YuNeSKO tomonidan Şahrisabz tarixiy majmuasini saqlab qoliş uçun bir qator tavsiyalar va ikki yil muddat berilgan. Yaqinda ana şu muddat öz nihoyasiga yetadi va şaharning YuNeSKO Butunjahon madaniy merosi tarkibida qoliş-qolmasligi hal böladi.

Xöş, şahar qanday qilib nufuzli taşkilot röyxatidan çiqiş darajasiga kelib qoldi? Endi Butunjahon madaniy merosi röyxatida qoliş uçun qanday aniq işlar qilinyapti? Kun.uz muxbiri ayni vaqtda Samarqandda bölib turgan Quriliş vaziri Botir Zokirovga şu savollar bilan murojaat etdi.

«Şahrisabzdagi qurilişlarda özim ham qatnaşganman. Bitta katta muammolarning biri şu. U yerda bölgan asosiy muammo – loyihalar öz vaqtida YuNeSKO bilan kelişilmagani. Loyihaga taklif işlanadi, keyin uni YuNeSKO tizimidagi taşkilotlar ekspertiza qiladi. Şundan söng loyihalarni qaytadan işlaşga yordam beradi... Bu işlarga ikki yil vaqt ketadi.

Misol uçun, biz hozir Xiva şahrida işlayapmiz, taqdimot ham qilişimiz mumkin. Unda taklif işlanadi, arxeologik ekspertiza olinadi, juda köp tartiblari bor. Bularning bari amalga oşirilgaç, YuNeSKO ruxsatidan keyin iş boşlanadi. Şu sababdan Xivada ikki yildan buyon işlayapmiz.

Şahrisabzda esa, qöpol qilib aytganda, öşa vaqtda bizda bu tajriba bölmagan. Madaniyat vazirligi tomonidan qilinadigan hujjatlar ham öz vaqtida işlanmagan. Şu sababdan ana şu muammo kelib çiqqan.

Öylaymanki, Şahrisabz YuNeSKO röyxatidan çiqib ketmaydi», – dedi vazir.

Botir Zokirov Şahrisabz şahridagi quriliş işlaridan oldingi vaziyatni ham şarhlab ötdi.