Ma'lum bölişiça, Fransiya şaharsozlik instituti mutaxassisi Erik Hoybrext va YuNeSKOning madaniy meros obektlarini örganiş boşqarmasi eksperti Kristina Iyamandi Şahrisabz şahrida bölib turibdi. Ular bu şahardagi tarixiy yodgorliklar holatini örganmoqda.

2019 yil YuNeSKOning Boku şahrida ötgan 40-sessiyasida Şahrisabzning bu taşkilot Umumjahon merosi röyxatidan çiqarilmasligi uçun asoslarni taqdim etişiga 2 yil muddat berilgan. Özbekiston tomoni ana şu 2 yil içida şaharni regeneratsiya qiliş rejasi loyihasini işlab çiqiş majburiyatini olgan edi.

Belgilangan muddat joriy yilda tugaşi munosabati bilan YuNeSKO talablari asosida taşkilot tomonidan Şahrisabzda tekşiruv ötkaziladi. Unda Özbekiston mazkur şahardagi tarixiy yodgorliklarni saqlaş, restavratsiya qiliş işlarida xalqaro konservatsiya uslublariga qançalik amal qilinayotgani, tarixiy yodgorliklardan boşqa maqsadlarda foydalanilmayotganini isbotlaşi kerak böladi.

Şahrisabz şahar hokimi Akrom Sulaymonovning ma'lumot berişiça, may oyida ham bu şaharga YuNeSKO mutaxassislaridan iborat guruh keladi va tarixiy yodgorliklarni közdan keçiradi.

«YuNeSKOning joriy yil iyul oyida ötkaziladigan 44-sessiyasida şahrimizdagi holat xolisona kerakli hujjatlar bilan asoslanişini iltimos qilaman. YuNeSKOning may oyida keladigan örganiş guruhiga barça şaroit yaratib beriladi. Xalqimizning 3000 yillik, şuningdek, Sohibqiron Amir Temur tarixini ommaga öz holida yetkaziş uçun ham Şahrisabz şahri YuNeSKO röyxatida bölişi biz uçun muhim», – degan Akrom Sulaymonov.