Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda eskirgan elektr tarmoqlar yangilanadi, 300 dan ortiq transformatorlar o‘rnatiladi
Aholidan tushayotgan murojaatlardan ko‘rinyaptiki, aksariyat hududlarda elektr energiyasi bilan bog‘liq shikoyatlarda transformator va eskirgan tarmoqlar mavzusi bor. Ana shu holatlar inobatga olingan holda Samarqand viloyatiga yangidan o‘rnatish uchun 309 ta transformator va boshqa texnik uskunalar yetkazilmoqda.

Umuman, bu yil mamlakat bo‘ylab 5 377 ta mahalladagi 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 mingdan ortiq transformatorlarni yangilash belgilangan.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» va «Obod mahalla» Davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan, o‘z navbatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan reja-dasturlar ishlab chiqilib, unga asosan hududlarga yangi elektr tarmoqlari qurish, rekonstruksiya-modernizatsiya ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan elektr jihozlar yetkazib berilmoqda.
Xususan, bugun Samarqand viloyatiga 19 ta turli xil quvvatdagi transformator podstansiyalari, 63,297 km uzunlikdagi zamonaviy kabellar, 4 ta yamabur texnikasi va boshqa zarur elektr uskunalar ortilgan katta yuk mashinalar karvoni yetib keldi.
Ta'kidlash joizki, Samarqand viloyatida 28 ta qishloqda «Obod qishloq», 4 ta mahallada «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha ham xuddi shu yo‘nalishdagi ishlar bajarilmoqda. Shu yilning o‘tgan 3 oyi davomida aynan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 21 ta transformator yangidan o‘rnatildi, 24,3 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari yangidan qurildi. Yil yakunigacha esa bu boradagi ko‘rsatkich mos ravishda 1159,2 km tarmoq va 309 ta transformator punktini yangidan qurish rejalashtirilgan.

Yana bir qulaylik, korxonalarda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish maqsadida bugungi kunda temir-beton tayanchlari ishlab chiqarish sexi faoliyat yuritib, kuniga 72 ta temir-beton tayanchlari ishlab chiqarilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi 2661-sonli qarori asosida uzunligi 76,7 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari tortildi va 52 ta transformator punktlari qurildi.
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:21 / 13.06.2026
"Hududiy elektr tarmoqlari" eski turdagi hisoblagichlar o‘rniga yangisini bepul o‘rnatib beradi
08:33 / 18.05.2026
“Energosavdo” yuriskonsulti 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
15:00 / 02.07.2025