Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva xayriya iftorlik tashkil qildi
Mass-media fondi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva Ramazon oyida xayriya iftorlari tashkil etmoqda. Fond shu maqsadda Milliy TV bilan hamkorlikda «Ramazon diydor» loyihasini ishga tushirdi.
Ilk iftorlik 19 aprel kuni «O‘zbekiston» nashriyoti xodimlari yashaydigan 17B-sonli uy aholisi uchun o‘tkazildi.


«Bu odamlar bilan mening juda ko‘p quvonchli onlarim bog‘langan. 2019 yilda AOKAga rahbarlikka tayinlanganimizda, Prezident tomonidan qo‘yilgan aholi turmush darajasini oshirish vazifasi doirasida 50ta xonadonni yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, uyga muhtoj xodimlarimiz nomiga bepul o‘tkazib bergan edik.
Bugun ularning uylarida bo‘ldik, samimiy, sodda va mehnatkash odamlarimizni ko‘rib, odam yanada xursand bo‘ldi», – dedi Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov.



«Ushbu uyda yashovchilar bilan bizni umumiy xotiralar va emotsiyalar bog‘lagani sababli, bu kechani ular bilan o‘tkazishga qaror qildim.
Samimiy muhitda ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Birga iftorlik qildik, duoda bo‘ldik va turli mavzularda suhbat qurdik», – deya yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.


Mavzuga oid
23:03 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun mo‘ljallangan farmonni olqishladi
10:39 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Xalqaro tashkilotlardagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston nufuzini oshirmoqda
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026