Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «C5+1» shaklidagi navbatdagi uchrashuv to‘g‘risida ma'lumot berdi.
2021 yilning 23 aprel kuni videokonferensaloqa orqali Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi bilan telefonda gaplashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026