Amerika matbuoti Donald Trampga mamlakat tarixidagi eng yolğonçi prezident «tamğasini bosib keladi». Aslida esa AQŞ prezidentlari şunday yolğonlar gapirişganki, Tramp ularning «soyasida qoladi». BBC ularning ba'zilarini töpladi.

AQŞning 43-prezidenti Jorj Buş 1990 yil Saddam Husayn Quvaytdagi neft konini egallab olganda ğalati uydirma töqib çiqargan. Buni AQŞning piar kompaniyasi «Hill & Knowlton» amalga oşiradi.

Kompaniya Naira ismli 15 yoşli qizni tayyorlab, unga çaqaloqlar ölimi haqidagi uydirmani örgatadi. Qiz Iroq askarlari Quvaytdagi kasalxonaga kirib, çaqaloqlarni inkubatorlardan olib sovuq polga taşlaganlari va çaqaloqlar şu yerning özida nobud bölgani haqida AQŞ kongresmenlariga yiğlab aytib beradi. Natijada bu gaplar Amerika xalqida uruş kayfiyatini paydo qiladi va 1991 yil AQŞ Iroqda «Sahro böroni» operatsiyasini boşlaydi.

Nairaning «ta'sirli hikoyasini» AQŞ qöşinlari oldiga çiqiş qilganda Jorj Buşning özi ham bir neça bor aytib bergan. Aslida esa voqea Naira aytganidek bölmagan. Çaqaloqlarning ölimi AQŞ ittifoqçilarning Iroqqa havo hujumidan keyin sodir bölgan. «New York Times»ning izohlaşiça, Iroqqa birinçi bomba taşlangandan keyin elektr uziladi. Bundan vahimaga tuşgan onalar yangi tuğilgan farzandini tuğruqxonadan olib çiqib, sovuq yertölada jon saqlaşga majbur böladi. Bu holatda 40 dan ortiq gödak halok böladi.

AQŞ prezidentlariga işonç qaçon yöqolgan?

AQŞning 36-prezidenti Lindon Jonson hokimiyat tepasiga kelgunça amerikaliklar öz rahbarlariga bolalarça işonardi. Jonson 1964 yil saylovçilarga Vetnam uruşida amerikaliklarni osiyoliklar uçun jang qilişga jönatmaslikka va'da bergandi, biroq saylanganidan keyin Vetnamdagi uruş zonasi örmon va guruçzorlariga AQŞning birinçi jangovar kuçlarini yuboradi. Bu voqea jurnalistlarning prezident administratsiyasiga ikkiyuzlamaçi sifatida qaray boşlaşiga sabab böladi.

«U hatto yolğon gapirişga hojat bölmagan joyda ham yolğon gapiradi», degandi Jonson haqida Jon Kennedi.

«Men yolğon gapira olmayman, Pa» iborasini AQŞning birinçi prezidenti Jorj Vaşington gilos daraxtini çopib qöyganini yaşirmay otasiga aytib berganda işlatgan. Bu ibora orqali amerikalik bolalarga prezident qanday rostgöy bölganini aytib, ularni haqiqatni gapirişga örgatişadi. Ammo «Amerika otasi» Jorj Vaşington unçalik rostgöy bölmagani haqida misollar bor. U 1788 yil Yorktaundagi inqilobiy uruşda inglizlar ustidan qozonilgan ğalabani öziniki deb da'vo qilib, tarixni qayta yozişga urinadi. Aslida bu ğalaba uning fransuz ittifoqçilariniki bölgan.