Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona xabarlari: Hujjatlardagi “mebel qog‘ozlari” gulqog‘ozlar bo‘lib chiqdi
2,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar egasi 650 mln so‘mdan ortiq bojxona to‘lovi to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, “Chuqursoy” TIF bojxona postida xorijdan 3ta temir yo‘l konteynerida mas'uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga keltirilgan “mebel qog‘ozi” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda boshqa mahsulotlar borligi aniqlangan.
Konteynerlarda yuk hujjatlariga asosan “mebel qog‘ozi” deya ko‘rsatilgan tovarlar o‘rnida qiymati 2,1 mlrd.so‘mlik gulqog‘ozlar mavjud bo‘lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 651,9 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari xisoblandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026