Jamiyat | 21:00 / 03.05.2021
8763
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vaksina qabul qildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev 3 may kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

«Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana, men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a'zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin», degan Bahodir Yusupaliyev.

Ayni paytgacha O‘zbekistonda virusga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 mingdan oshgan.

O‘zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlardan boshlangandi. Dastlabki bosqichda 65 yoshdan kattalar, surunkali kasalligi borlar, tibbiyot va ta'lim muassasalari (maktab va bog‘cha) xodimlari, shuningdek, huquq-tartibot organlari vakillari emlangandi.

May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi. Bu oydan vaksina qabul qiluvchilar toifasi ham kengaytirilgan.

 

Mavzuga oid