SES boshlig‘i vaksinalar necha dollardan sotib olinganini ma'lum qildi
Xalqaro press klubning aholini emlash jarayoni bilan bog‘liq navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Tadbirda ishtirok etayotgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi haqida ma'lumot berdi.
Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar narxi hamda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma'lumot berdi.
“Hozir Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolanayotgan o‘rta og‘ir ahvoldagi bemorni davolash uchun davlat budjetidan 35 mln mablag‘ ishlatiladi. Reanimatsiyada davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemor uchun esa 60 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanadi.
Bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar 10 dollardan 60 dollargacha narxlarda sotib olingani e'tiborga olinsa, iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qaralsa davlatga aholini emlash arzon va xavfsiz hisoblanadi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, emlanmaslikdan nafaqat o‘zimizga, balki davlatga, xalqqa, iqtisodiyotga ham zarar yetkaziladi”, dedi u.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i ma'lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina virusli kasalliklarning barchasiga qarshi antitanachalar hosil qiladi.
“2020 yilning oxirida ijtimoiy soha vakillari: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlarini grippga qarshi vaksina bilan emlagan edik. 1 mln 200 ming vaksina olindi. Kuzatuvlarimiz shuni isbotladiki, emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar kam bo‘ldi va yuqtirganlarda ham kasallik yengil o‘tdi. Bugungi koronavirusga qarshi ishlatilayotgan vaksinalar virusga qarshi ishlaydi: uning oldini oladi va yengil o‘tishini ta'minlaydi”, dedi u.
Ta'kidlanishicha, agar inson organizmida antitanachalar mavjud bo‘lsa ham vaqt o‘tishi bilan antitanachalar miqdori pasayishi mumkin, shuning uchun emlanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

09:48 / 13.10.2023
SES raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

13:04 / 30.03.2023
SES sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etiladi

14:33 / 19.08.2022
SES Toshkentda kuydirgi qayd etilmaganini ma’lum qildi

10:43 / 13.08.2022