Prezidentning “Şahar va aholi punktlari atroflarida “yaşil maydon”larni kengaytiriş, ularning tabiiy-rekreatsion va iqtisodiy salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzolaşi kutilyapti. 

Quyidagilar:

  • respublika hududida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriyning amal qiliş muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilganligi;
  • davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesiş (sanitariya maqsadlarida kesiş bundan mustasno) ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qiliş organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oşirilişi ma'lumot uçun qabul qilindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi (Davlat ekologiya qömitasi), Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Quriliş vazirligi, Transport vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Özbekiston Ekologik partiyasi hamda keng jamoatçilikning:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida 50 gektardan kam bölmagan köçat ekiş maydonlari - “yaşil maydon”larni taşkil etiş;
  • şaharlar va boşqa aholi punktlari, xiyobonlar, avtomobil va temir yöllar çetlari, ijtimoiy obektlar, taşkilotlar hududini hamda fermer va boşqa qişloq xöjaligi yerlarini yanada kökalamzorlaştiriş maqsadida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekiş, parvariş qiliş kölamini oşiriş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “yaşil maydon”lar uçun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratadi va kadastr hujjatlari rasmiylaştirilişini ta'minlaydi.

Belgilanişiça:

  • öz majburiyatlari yuzasidan yuridik va jismoniy şaxslar kompensatsiya tarzida daraxtlarni “yaşil maydon”larga özlari (şaxsan) yoki şartnoma asosida uçinçi şaxslarni jalb qilgan holda amalga oşiradilar;
  • yangi taşkil etilgan “yaşil maydon” lar va ularda ekilgan daraxtlar Davlat ekologiya qömitasi balansida bölib, taşkil yil ötgandan söng örnatilgan tartibda Örmon xöjaligi davlat qömitasi balansiga ötkazilişi mumkin;
  • yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan daraxtlarni kesganlik uçun tölov hamda ularni noqonuniy kesganlik uçun tabiatga yetkazilgan zarar, şuningdek, jarima tölovlari töliq miqdorda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasiga yönaltiriladi.