Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Denovda kesilgan daraxtlar böyiça munosabat bildirdi. Unda yozilişiça, Denovda 857 tup daraxt tuman hokimligi ruxsati bilan kesilgan va ösimlik dunyosiga 329 million söm zarar yetkazilgan.

Ma'lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi inspektorlari Denovda daraxtlarning ommaviy tarzda kesilişi holatini joyiga çiqib örgangan. Örganiş davomida «Denov tuman yöllardan foydalaniş UK»ning uçastka bölimi boşliği J.F. tomonidan 109 tup qimmatbaho daraxt ruxsatnomasiz kesib taşlangani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, J.F.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Huquqbuzarga nisbatan BHMning 10 barobari (2 245 000 söm) miqdorida jarima solingan. J.F. tomonidan ösimlik dunyosiga 329 million 157 ming söm zarar yetkazilgani hisoblangan. Hozirda jarima va ösimlik dunyosiga yetkazilgan zararni undiriş çoralari körilmoqda.

Şu bilan birgalikda, «Denov tuman yöllardan foydalaniş UK»ga har bir kesilgan daraxtlar örniga 100 donadan, jami 10900 dona qimmatbaho daraxt köçatlari ekiş va 3 yil davomida ekilgan köçatlarni parvariş qiliş haqida körsatma berilgan.

Bundan taşqari, prezidentning 2020 yil 9 apreldagi «2020–2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş töğrisida» PQ-4667-sonli qarori ijrosi böyiça tuman hokimligi tomonidan daraxt kesişga ruxsat berilgan.

Jumladan, uşbu qarorga asosan yöl qurilişiga xalaqit berayotgan 857 tup kam qimmatli daraxtlarni kesiş uçun Denov tuman hokimligi tomonidan 000020-sonli ruxsatnoma berilgan. Ta'kidlanişiça, tuman hokimligiga ham har bir kesilgan daraxt va butalar uçun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bölmagan, yirik ölçamli (balandligi 2 metrdan kam bölmagan) köçat ekiş hamda ularni kamida ikki yil davomida parvariş qiliş vazifasi yuklatilgan.