Toshkent shahridagi yashil maydon 25 ming gektarga yetkaziladi

Foto: AOKA
Endilikda shahar ichida ko‘p qavatli inshoot qurayotganlar hududning infratuzilmasini inobatga olishi qat’iy belgilab qo‘yilmoqda. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, bunda quruvchilar bino barpo etilayotgan joyda maktab, bog‘cha, maishiy xizmat, avtoturargoh o‘rni, ko‘kalamzorlashtirish maydoniga qanchalik ehtiyoj borligidan kelib chiqib qurilish loyihasini tayyorlashadi.
Shuningdek, vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, shahar atrofida 130 kilometrlik yashil kamar loyihasi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, yashil yo‘l yoqalarida park, kafe, restoran, madaniy obektlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Shahar ichidagi suv bo‘ylari va yo‘l yoqalari yashil hududga aylantiriladi.
“Bundan buyon har qanday qurilishda quruvchi tashkilotga daraxt ekish majburiyati yuklanadi. Buning uchun alohida jadval ham ishlab chiqilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yashil hududlar bor joyda havo harorati nisbatan mo‘’tadil bo‘ladi. Chang bosiladi, shovqin nisbatan to‘siladi.
Shunga ko‘ra, yashil maydonlarning joylashuvi, kengligi ham turlarga ajratiladi. Shahar ichidagi yashil koridorlar faqat daraxtzor emas, balki aholi foydalanadigan hudud hamdir. Shahar atrofidagi yashil kamar esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan ham iborat bo‘ladi”, – dedi Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov.
Bundan tashqari, qayd etilishicha, ayni vaqt Toshkent shahrida 7 gektar yashil maydon qolgan bo‘lib, kelgusida uni 25 gektarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy soha obektlarini hisobga olmaganda, turar joy hududlarining ko‘kalamzorlashtirilgan maydoni 25 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu Shaharsozlik norma va qoidalarida qat’iy belgilab berilgan. Mazkur me’yorlar ishlab chiqarish hududlarida ham qayd qilingan. Unda ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar bino va inshootlar uchastka maydonining 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan yerini egallashi kerak.
Yo‘llar va yo‘laklarda esa bu raqamlar 15 foizdan 25 foizgachani tashkil qilishi lozim. Sanoat zonalarida ham eng kam ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar ushbu hududda paydo bo‘luvchi chiqindilar turini hisobga olgan holda belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi
O‘zbekiston | 16:51
-
Prezident «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
O‘zbekiston | 16:51
-
Unicon-Soft Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi
Jamiyat | 16:30
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025