O‘zbekiston | 08:13 / 06.05.2021
9037
2 daqiqa o‘qiladi

6 may kuni O‘zbekistonga nam havo oqimi kirib kelishi davom etadi

Foto: KUN.UZ

6 mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiqqacha pasayadi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid